11:45 / 22.11.2019
0
4202

Inklyuziv turizm: nogironligi bo‘lgan kishilar uchun sayohat tashkil etildi

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan inklyuziv turizm (to‘siqsiz turizm, paraturizm) turini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Qo‘mita O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda “Sayohat barcha uchun” xayriya loyihasini amaliyotga tatbiq etmoqda. 

13-15 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan XXV Toshkent xalqaro turizm “Ipak yo‘lida turizm” ko‘rgazmasi doirasida Namangan viloyatida istiqomat qilayotgan 25 nafar nogironligi bo‘lgan kishilarning Toshkent shahriga sayohati tashkillashtirildi. 

Sayohat bilan bog‘liq barcha xarajatlar (transport, ovqatlanish, mehmonxona, gidlar xizmati va b.) Qo‘mita huzuridagi “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK maxsus hisob raqamiga kelib tushgan va “Rais buva” kanali, “Art hotel” mehmonxonasi, “Navro‘z” bog‘i, “Muza” qandolatchilik firmasi, ovqatlanish maskanlari va transport tashkilotining homiylik mablag‘lari hisobidan qoplandi.  

Ma'lumot uchun: “Turistlarga xizmat ko‘rsatish markazi” DUK huzurida maxsus hisob raqam ochilgan. To‘lov tizimlari yordamida “Sayohat barcha uchun” loyihasiga mablag‘ o‘tkazish tashkillashtirilgan. 

Sayohatchilar ikki kun davomida Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari (“Xasti-Imom” majmuasi, “Navro‘z” bog‘i, “Humo Arena” va b.) hamda Toshkent xalqaro turizm ko‘rgazmasining ochilish marosimiga tashrif buyurishdi.

Sayohat davomida mazkur turizm turiga oid infratuzilmaning holati o‘rganildi va kelgusida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda infratuzilmani nogironligi bo‘lgan kishilar uchun moslashtirish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirish belgilandi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top