11:00 / 22.11.2019
32340
Reklama

«Usta Shirin» – Toshkentning yangi me'moriy mo‘jizasi

«Modern Stroy» qurilish kompaniyasi o‘zining noyobligi bilan ajralib turadigan yangi «Usta Shirin» turar-joy majmuasining qurilish ishlari hozirgi kunda avjida. Qurilish jarayonida zamonaviy va yangi texnologiyalar hamda sifatli materiallardan foydanilmoqda. «Usta Shirin» – bu barcha xalqaro standartlarga javob beradigan, siz va oilangiz uchun hashamatli yashash sharoitlarini ta'minlaydigan turar-joy majmuasidir.

Umumiy maydoni 1,07 gektar bo‘lgan uchta ko‘p qavatli (10 qavatli) binolardan iborat ushbu turar-joy majmuasi quyidagi qulayliklarni o‘zida mujassamlashtiradi: 

  • Panoramali deraza romlar; 
  • 2, 3 metrgacha kenglikdagi terassali balkonlar;
  • Balandligi 3 metr bo‘lgan shiftlarga ega xonalar;
  • Maxsus individual isitish tizimi;
  • Ichki xodimlar tomonidan doimiy tozalik;
  • Fitnes markazi va basseyn;
  • Ekologik toza uy, sun'iy hovuzlar, ko‘kalamzorlashtirilgan bog‘lar;
  • Yozgi (ochiq) va qishki (yopiq) bolalar o‘yin maydonchalari;
  • Turar-joy majmuasida ochiq pavilonlar va skameykalar;
  • Yer osti to‘xtash joyi;
  • 24 soatlik xavfsizlik;
  • Rivojlangan infratuzilma (restoranlar, savdo nuqtalari, ko‘ngilochar muassasalar);
  • «Smart Home» tizimi bilan jihozlanganlik;
  • Yoritish moslamalarida energiya tejaydigan tizimlardan, ekologik toza hisoblangan quyosh panellaridan foydalaniladi;
  • Zamonaviy Yevropa standartlariga muvofiq yuqori tezlikda, shovqinsiz harakatlanuvchi panoramali liftlar;
  • Mahalliy maktabgacha ta'lim muassasasi.

Xonadonlar maydoni – 63 m² dan 600 m² gacha. Bundan tashqari, pentxauslar ham mavjud. Bu yerda siz shahar shovqinidan xoli bo‘lgan holda sokin yashash imkoniga egasiz.

Bino qurilishi shunday tuzilganki, kun davomida turar-joyning har ikki tomonidan ham quyosh nuri tushadi. Bunga qo‘shimcha ravishda, qurilish uchun yaxshi tanlangan joylar tufayli siz toza havodan bahramand bo‘lasiz.  Bundan tashqari, bizning hududimizda sun'iy hovuzlar, ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar, fitnes markazi, basseyn va o‘yin maydonchalari mavjud.  Aholi sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilib, biz ularni sog‘lom turmush tarziga mos keladigan sharoitlar bilan ta'minlashga harakat qildik.

Shuni ta'kidlashni istardikki, «Usta Shirin» turar-joy majmuasida noturar joylarning ham savdosi allaqachon boshlangan. Sizning biznesingiz uchun kompaniyamiz 1-2 qavatini va shuningdek, yerto‘la maydonini ajratgan.

Xonalar o‘lchamlari 72 m² dan 2000 m² gacha panoramali deraza oynalar va baland shiftlarga ega. Yer osti avtoturargohi va noyob fasadga ega «Usta Shirin» majmuasi sizning biznesingizni ochish yoki kengaytirishingiz uchun ajoyib imkoniyatdir.

Siz zamonaviy yangi «Usta Shirin» turar-joy majmuasida zamonaviy va qulay xonadonning egasi bo‘lishni xohlasangiz «Modern Stroy» kompaniyasidan «0% 0% 0%» aksiyasi sizga xonadonlarni boshlang‘ich to‘lovsiz sotib olish imkoniyatini beradi, shuningdek bo‘lib to‘lash asnosida 20 oy davomida foizsiz to‘lovlarni amalga oshirish va sovg‘a sifatida Toshkent shahridan doimiy ro‘yxatdan o‘tish uchun amalga oshiriladigan davlat boji to‘lamaslik (ya'ni ushbu to‘lov kompaniya tomonidan amalga oshiriladi) imkoniyatini beradi!

Shoshiling! O‘zingiz va yaqinlaringiz uchun eng qulay sharoitlarni taqdim etish imkoniyatidan foydalaning!

Batafsil ma'lumot uchun:

Telefon: 71 200 30 03

Telegram: t.me/modernstroy

Instagram: @modernstroy

YouTube: youtu.be/7Qwb0DXr2X8

Sayt: modern-stroy.uz

Reklama huquqi asosida

Top