11:37 / 23.11.2019
0
7488
180 000 Turkmaniston manatini 18 000 dollarga sotgan uch nafar shaxs ushlandi
Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida juda ko‘p miqdordagi valuta qimmatliklarni o‘tkazish holati aniqlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning ma'lumot berishicha, Toshkent tumani, Guliston mahallasida fuqaro S.O. ikki nafar sherigi bilan fuqaro O.A.ga 180.000 Turkmaniston manatini 18.000 AQSh dollariga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma'lumotda qayd etilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top