21:25 / 23.11.2019
0
8992

Andijonda o‘qituvchilar uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamiyatda o‘qituvchilar nufuzini oshirish borasida topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 21-22 noyabr kunlari Andijon viloyatidagi barcha shahar va tumanlarda o‘qituvchilar uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etish belgilandi.

Jumladan, joriy yilning 21 noyabr kuni Xonobod shahri, Asaka, Buloqboshi, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Ulug‘nor hamda Xo‘jaobod tumanlarining markazlarida o‘qituvchilar uchun sharoitlar yaratib berish maqsadida shunday yarmarkalar tashkil etildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top