00:52 / 23.11.2019
0
22583

Galaxy S11 smartfonining suratlari taqdimotidan 3 oy oldin paydo bo‘ldi

Foto: 91mobiles

Taniqli insayder @onleaks 2020 yil fevralidagina taqdimoti o‘tadigan yangi Samsung Galaxy S11 smartfonining dizaynini ko‘rsatdi. Smartfonning suratlari 91mobiles saytida e'lon qilingan. 

Ta'kidlanishicha, qurilma uchta modifikatsiyada chiqariladi: kichikroq Galaxy S11e, odatdagi o‘lchamdagi Galaxy S11 va kattaroq o‘lchamdagi Galaxy S11+.   

Galaxy S11 oyna va metalldan ishlanadi. Qurilmaning old tomoni deyarli ekran bilan qoplanadi. Ekran o‘rtasida frontal kamera uchun teshik paydo bo‘ladi. Qurilmaning diagonali 6,7 dyuymni tashkil qiladi.  

Galaxy S11e va Galaxy S11+ esa mos ravishda 6,4 va 6,9 dyuymli Dynamic AMOLED-ekranlar bilan jihozlanadi. 

Smartfon orqasida asosiy kamera joylashadigan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi blok joylashadi. Kamera tizimi 3 ta oddiy kamera va ToF-datchik bilan jihozlanadi. 5-o‘yiqning vazifasi ma'lum qilinmagan.

Asosiy kamera 108 Mpli bo‘lib, unda 5 karra optik zum ko‘zda tutilgan. Qurilma Qualcomm Snapdragon 865 yoki Exynos 990 protsessorida, Android 10 operatsion tizimi ostida ishlaydi.

Barmoq izlari skaneri displeyga o‘rnatiladi.

Samsung’ning yangi qurilmalari taqdimoti 18 fevralda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top