08:17 / 23.11.2019
0
52299

IIV tergov tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi

Yahyojon Ortiqboyevich Abdulhakov

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi.

2019 yil 19 noyabr kuni vazir tomonidan imzolangan hujjatga ko‘ra, polkovnik Yahyojon Ortiqboyevich Abdulhakov Jizzax viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. U Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Yahyojon Abdulhakov 2017 yilning iyun oyi boshlarida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top