22:21 / 23.11.2019
0
120052
Azizbek Ikramov yangi lavozimga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari general-mayor Azizbek Isroilovich Ikromov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ikramov Azizbek Isroilovich

U bu lavozimda biroz avvalroq ishdan olingan Muhiddin Jo‘rayev o‘rnini egalladi.

Azizbek Ikromov 2017 yilda Mudofaa vazirligi tizimidagi faoliyatini boshlagandi. Bunga qadar Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat qilgan.

Bundan avvalroq, Ichki ishlar vazirining jamoatchilik tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev va IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni general mayor Dmitriy Pan lavozimidan ozod etilgani ma'lum qilingan edi. 23 noyabr kuni Bosh prokuratura general mayor Dmitriy Panga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va unga nisbatan Toshkent harbiy sudining ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida «qamoqqa olish» qo‘llanilgani haqida xabar berilgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top