07:55 / 23.11.2019
0
6059

Qoraqalpog‘istonda yuz bergan yong‘in oqibatida 5 yoshli qiz halok bo‘ldi

2019 yilning 21 noyabr kuni soat 22:28da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani “Tallyq” MFY Seytjanov ko‘chasida joylashgan fuqaro M.T.ning uyida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotiga ko‘ra, voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 10 daqiqada yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 10 km). 

Ko‘rilgan harakatlar natijasida yong‘in soat 23:24da qurshab olingan va soat 00:20da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in haqida kech xabar berilganligi sababli, jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga yetib kelganida, yong‘inning maydoni kengayib ketgani ma'lum bo‘lgan. Alanga qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishi oldi olingan.

Yong‘in oqibatida yashash uyining 100 kv. metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Achinarlisi, yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining qiz nabirasi 2014 y.t. fuqaro T.Ya.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Yong‘inning taxminiy sababi isitish pechi mo‘risining nosozligidan. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top