09:38 / 23.11.2019
0
8251

Tungi reyd: ko‘chaga chiqindi tashlagan 6 kishi jarimaga tortildi

Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Namangan shahar inspeksiyasi xodimlari tomonidan noqonuniy chiqindixonalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tungi reydlar o‘tkazildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmatiga ko‘ra, unda Namangan shahar «A.Navoiy», «A.Xo‘jayev», «S.Adashev», «Mustaqillikning 5 yilligi», «Oltinvodiy», «Uychi» ko‘chalari hududiga I.R., Z.J., I.U., I.J., X.M. va A.M. tomonidan maishiy chiqindilar to‘la xaltalar, qoplar belgilanmagan joyga tashlangani aniqlandi. Bunda fuqarolar inspektorlar tomonidan to‘xtatib qolingan.

Ushbu holat yuzasidan 6 nafar huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtKning 91-modda 1-qismi bilan ma'muriy bayonnomalar tuzilib, jarimalar qo‘llanildi.

“Hurmatli yurtdoshlar! Yodingizda bo‘lsin: tozalanadigan emas, ifloslantirilmaydigan joy pokiza bo‘ladi”, - deyiladi Ekologiya qo‘mitasi xabarida.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top