08:34 / 23.11.2019
0
4183

XTV maktablarning ko‘mir bilan ta'minlanishini nazoratga olish uchun jamoatchilikni hamkorlikka chaqirdi

Foto: Sergey Averin

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi maktablarning sifatli ko‘mir bilan o‘z vaqtida ta'minlanishini nazoratga olish uchun jamoatchilikni hamkorlikka chaqirdi.

Qayd etilishicha, mamlakatdagi barcha xalq ta'limi muassasalarini kuz-qish mavsumidan betalafot chiqib olishi uchun mahalliy hokimiyatlar tomonidan isitish tizimlarini ta'mirlash va ularni ko‘mir bilan ta'minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

Vazirlik Telegram messenjerida @maktablarga_komir_yetkazish_bot botini ishga tushirdi. Jamoatchilikni maktablarni ko‘mir bilan ta'minlashga doir muammolarni mazkur botga yuborishga chaqirmoqda.

Murojaatchilardan o‘z xabarida maktab raqami, tuman (shahar) nomi va muammo haqida ma'lumot yuborishlari so‘raladi (holat suratini ham yuborishi mumkin). Murojaatchilar shaxsi sir tutilishi ta'minlanishi aytiladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top