17:40 / 24.11.2019
0
9485
8 yil o‘tib, chempionlik «Sharq» emas, «G‘arb»ga nasib etdi. «Al-Hilol» - OChL g‘olibi

Osiyo Chempionlar ligasi javob final o‘yinida Yaponiyada «Urava Red Daymonds» klubini mag‘lub etgan Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi Osiyoning tengsiz jamoasiga aylandi.

O‘zbekistonlik hakamlar boshqargan bahsda Salim Al Dovsari va Bafetimbi Gomis tomonidan kiritilgan gollar «Al-Hilol»ga 2019 yilgi OChL g‘olibligini taqdim etdi.

Saudiyaliklar o‘z uylarida o‘tgan dastlabki final o‘yinida ham minimal hisobda g‘alaba qozonishgan edi.

E'tiborlisi, «G‘arb» mintaqasidan so‘nggi marta OChL g‘olibligi 2011 yilda Qatarning «Al Sadd» klubiga nasib etgandi. «Sharq» mintaqasidagi Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Xitoy klublari gegemonligiga nihoyat, oradan 8 yil o‘tib, «G‘arb» mintaqasidan Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi chek qo‘ydi va Osiyoning tengsiz klubi nomiga sazovor bo‘ldi.

OChL-2019. Final. 24 noyabr (yakshanba)
«Urava Red Daymonds» (Yaponiya) – «Al-Hilol» (S.Arabistoni) - 0:2
Gollar: 
Al Dovsari 74, Gomis 90+3
Bosh hakam: V. Kovalenko (O‘zbekiston)
«Urava Red» - Nishikava, Takuya Ivanami, Suzuki, Makino, Taku Aoki, Sekine, Xashioka, Everton, Shinzo Koroki, Nagasava, Fabritsio.
«Al-Hilol» - Al Mayuf, Xyon Su, Ali Albulayhi, Al Burayk, Yosir Al Shahroni, Al Faraj, Andre Karilo, Sebastyan Jovinko, Salim Al Davsari, Abdulloh Otayf, Bafetimbi Gomis.
Birinchi o‘yin: 0:1

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top