00:45 / 24.11.2019
0
4563

Boliviya senati Moralesning saylovdagi g‘alabasini bekor qildi

Foto: Reuters

Boliviya senati Evo Moralesning 20 oktyabrdagi prezident saylovidagi g‘alabasini bekor qilish va yangi prezident hamda kongress saylovi o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Endilikda hujjat ko‘rib chiqish uchun deputatlar palatasiga, so‘ngra imzolash uchun prezidentga taqdim etiladi.

10 noyabrda Boliviyaning endilikda sobiq prezidenti Evo Morales mamlakatda yuz berayotgan tartibsizliklar tufayli prezident lavozimini tark etishini e'lon qilgandi. Uning ortidan vitse-prezident Alvaro Garsia Linera va mamlakatning oliy rahbariyati ham iste'foga chiqdi.

Senator-demokrat Janin Anes 12 noyabrda o‘z zimmasiga Boliviyaning vaqtinchlik prezident vakolatlarini olishini e'lon qildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top