10:24 / 24.11.2019
0
19451

Qahva iste'molining yurakka zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan miqdori aniqlandi

Foto: Fotolia

Avstraliyalik olimlar qahva iste'molining yurak-tomir kasalliklari avj olishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan miqdorini aniqlashdi. Bu haqda The American Journal of Clinical Nutrition nashrida ma'lum qilindi. 

37 yoshdan 73 yoshgacha bo‘lgan 350 ming kishining salomatligi o‘rganilgan tadqiqot davomida olimlar kuniga 6 chashka qahva ichish yurak-tomir kasalliklari avj olishini 22 foizgacha oshirishini aniqlashgan. Bu qahvaning yurak-tomir kasalliklari xavfining muhim omili hisoblangan qon bosimi oshishiga olib kelishi bilan bog‘langan.

Avvalroq muntazam qahva iste'mol qiluvchi odamlarning yarmidan ko‘pida ushbu ichimlikdan voz kechgandan keyin abstinent sindrom alomatlari: tonusning pasayishi, jizzakilik, agressivlik, bosh og‘riqlari paydo bo‘lishi ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, qahvadagi kofein moddasiga bog‘liqlik sovuq iqlimga ega davlatlarda ko‘proq namoyon bo‘ladi va aynan shu davlatlarda qahva ko‘p ichiladi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top