19:58 / 24.11.2019
0
51342

Toshkent shahri prokuroriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahri prokuraturasida yangi tayinlov amalga oshirildi.

Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, bosh prokuror buyrug‘i bilan Bahodir Abdulxayevich Abduvaliyev Toshkent shahri prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Bahodir Abduvaliyev
Foto: Toshkent prokuraturasi matbuot xizmati

Bahodir Abduvaliyev bunga qadar Bosh prokuraturaning Jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Toshkent prokurorining avvalgi o‘rinbosari Samandar Ostonov esa Samarqand viloyat prokurori o‘rinbosari etib tayinlangan.

Samandar Ostonov (o‘ngda). Foto: Bektemir tuman hokimiyati

U poytaxt prokuraturasidagi faoliyatiga qadar Bosh prokuraturaning Voyaga yetmaganlar to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top