12:04 / 24.11.2019
0
11812
Umar Nurmagomedov UFC’ga o‘tishni rejalashtirmoqda 
Foto: Nina Zotina/RIA Novosti

Toshkentda 23 noyabrda o‘tgan Gorilla Fighting Championship musobaqasining bosh jangida g‘alaba qozongan Umar Nurmagomedov 2020 yilda UFC bilan shartnoma imzolamoqchiligini ma'lum qildi. 

Rossiyalik mashhur yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi bo‘lgan Umar Toshkentdagi musobaqada argentinalik Brayan Gonsalesni 1-raunddayoq bo‘g‘ish usuli bilan taslim bo‘lishga majbur qildi. Bu dog‘istonlik sportchining faoliyatidagi 12 jangdan 12-g‘alabasi bo‘ldi.

Jangdan oldin Xabib Nurmagomedov amakivachchasi g‘alaba qozonsa, UFC bilan shartnoma imzolashini ma'lum qilgandi. 

Jangdan keyin 23 yoshli Umar kelasi yili UFC bilan shartnoma imzolashini tasdiqlagan. “Ha, men 2020 yilda UFC’ga o‘tmoqchiman”, deb aytgan sportchi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top