16:50 / 25.11.2019
0
26257
Buxoroda YTH: yuk mashinasi ikki kishini urib yubordi, piyodalar halok bo‘ldi
Foto: Tergov departamenti

Buxoroda yuk mashinasi ikki nafar fuqaroni urib yubordi, ular halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

2019 yil 24 noyabr kuni taxminan soat 11:30larda fuqaro 24 yoshli O.A. boshqaruvidagi «ISUZU» rusumli yuk avtomashinasi bilan Buxoro shahar Do‘stlik ko‘chasidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 218-km.dan Gazlishoh ko‘chasidagi aylanma yo‘l tomonga harakatlanib kelib, piyodalar o‘tish joyidan harakat yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga kesib o‘tayotgan piyoda 51 yoshli T.B. va uning turmush o‘rtog‘i 49 yoshli Yu.Yo.ni avtomashinaning old tomoni bilan urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda T.B. hodisa joyida va Yu.Yo. esa RShTYoIM Buxoro filialida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 24 noyabr kuni Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro O.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top