09:00 / 25.11.2019
0
39801

Qora dengizda 14 ming qo‘y cho‘kib ketdi

Foto: ISU CONSTANTA

Ruminiya sohillari yaqinida, Qora dengizda 14 mingdan ko‘proq qo‘yni olib ketayotgan kema ag‘darilib ketdi. Bu haqda “Bi-Bi-Si” telekanali xabar berdi.  

Palau bayrog‘i ostida harakatlangan Queen Hind kemasi 24 noyabrda Midiya portidan chiqqandan ko‘p o‘tmay noma'lum sababga ko‘ra ag‘darilib ketgan. Oqibatda kemada qafaslarda ushlangan qo‘ylar suv ostiga ketgan. Bir nechagina qo‘y suv sirtiga chiqishga muvaffaq bo‘lgan va ularni suvdan qutqaruvchilar chiqarib olishgan.

Kemada 22 dengizchi bo‘lib, ularning barchasi suriyalik bo‘lgan. Ularga jarohat yetmagan, faqatgina bir dengizchi sovqotish alomatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Kema Saudiya Arabistonining Jidda shahriga yo‘nalayotgan bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top