Tatariston prezidenti Samarqandga keldi
25 noyabrda Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov Samarqandga ishchi tashrif bilan yetib keldi. Samarqand xalqaro aeroportida uni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.

Rustam Minnixanov aeroportdan O‘zbekistonning tatar jamoat tashkilotlari faollari bilan uchrashuvga yo‘l oldi.
26 noyabrda Minnixanov Samarqandda “KAMAZ” yuk avtomobillarini yig‘ish bo‘yicha yangi liniyani ochishi rejalashtirilgan. Kunning ikkinchi yarmida Tatariston prezidenti va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiya a'zolari Toshkentga yo‘l olishadi va poytaxtdagi Toshkent qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi faoliyati bilan tanishishadi hamda Tataristoning “Novyy vek” teleradiokompaniyasi muxbirlik punktiga tashrif buyurishadi.
Bundan tashqari, Minnixanovning O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev bilan “O‘zbekiston-Tatariston” biznes forumi doirasida uchrashuvi rejalashtirilgan.
- Teglar:
- #O‘zbekiston
- #Rustam Minnixanov
Mavzuga oid

17:10 / 05.12.2019
«Ishsizlik, korrupsiya, bozorlar uchun raqobat va ekologiya...» - O‘zbekiston yaqin o‘n yillikda to‘qnashadigan eng dolzarb muammolar haqida

15:44 / 04.12.2019
O‘zbekiston delegatsiyasi BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori bilan uchrashdi

22:20 / 03.12.2019
YeXHT bosh kotibi tashkilot O‘zbekistonning ishonchli hamkori bo‘lib qolishini ta'kidladi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Ijtimoiy tarmoqlar orqali avtorizatsiya