16:10 / 25.11.2019
0
5705
YeI xakerlari IShIDning yetakchi axborot resursini ishdan chiqardi
Foto: Steve Marcus / Reuters

Yevropol xakerlari Belgiya federal politsiyasi ekspertlari bilan hamkorlikda IShID terrorchilik tashkilotining Amaq axborot agentligi deb nomlanuvchi internet axborot resursiga muvaffaqiyatli kiberhujumni amalga oshirdi. Bu haqda RTBF telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bir yilga yaqin vaqt davomida tayyorgarlik ko‘rilgan mazkur operatsiya 21-22 noyabrda amalga oshirilgan. Operatsiya natijasida ushbu resurs bilan bog‘liq bir necha ming qaydlarni bloklashga erishilgan.

Amaq faoliyati 2018 yilda to‘xtatilgan, ammo IShID bir necha oydan so‘ng ushbu resursni yana tiklashga erishgandi..

IShID bilan bog‘liq axborot saytlari YeI va AQShda bloklanishi shart bo‘lgan taqiqdagi resurslar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top