20:10 / 26.11.2019
1
7899

Aviakompaniyalarni xususiylashtirish masalasi ko‘rib chiqilmayapti – Transport vazirligi

Transport vazirligi havo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Ulug‘bek Bektoshevning ma’lum qilishicha, bugungi kunda «Uzbekistan Airways» hamda «Uzbekistan Airports» aksionerlik jamiyatlarining 100 foiz ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

«Milliy aviakomaniya – «Uzbekistan Airways» aksionerlik jamiyatini xususiylashtirish masalasi ayni paytda kun tartibida emas. Balki keyinchalik bunga qaytilishi mumkindir, ammo hozir xususiylashtirish masalasi ko‘rib chiqilmayapti», deya Ulug‘bek Bektoshevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq O‘zbekistonda aeroportlar, shuningdek, davlat ulushi mavjud barcha korxonalar xususiylashtirilishi aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 27 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoniga muvofiq «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK, «Uchuvchilar majmuasi» DUK, «Havo aloqalari bosh agentligi» va «O‘zaviatexta’minot» MTTM negizida «Uzbekistan Airways» AJ, «Uzbekistan Airports» AJ hamda fuqaro va eksperimental aviatsiyasida havo kemalari parvozlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat va texnik jihatdan muvofiqlashtirish vakolati berilgan Fuqaro aviatsiyasi agentligi tashkil etilgan edi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top