19:06 / 26.11.2019
4746

EPSILON: «O‘zbekneftgaz» hamkorligida gaz qazib chiqarishni oshirish va quvurlarni qurish ishlari faollik bilan olib borilmoqda

25-26 noyabr kunlari Qoratepa, Qirqchashma va Bahoriston konlaridagi uchta quduqda GRP amalga oshirildi. Natijada ushbu quduqlarda gazning sanoat oqimi kutilmoqda. 

Gaz quvurlari qurilishi:

26 noyabr holatiga ko‘ra 20,9 ming tn quvurlar (122,6 km) keltirish uchun yuklandi; 12,1 ming tn quvurlar (73,7 km) keltirildi; 31,1 km zovurlar kavlandi; 47,8 km quvurlar qatorga payvandlandi; 5,5 km quvurlar zovurga yotqizildi.

O‘tgan kunlar mobaynida: 1,8 ming tn (9 km) keltirish uchun yuklandi; 0,2 ming tn quvurlar (0,8 km) keltirildi; 1 km zovurlar kavlandi; 3,5 km quvurlar qatorga payvandlandi; 0,7 km quvurlar zovurga yotqizildi.

Qazib chiqarilayotgan gazning hammasi O‘zbekiston aholisi uchun ichki bozorga yo‘naltirilmoqda.

Kompaniya ishlarning borishi to‘g‘risida ma'lumot yetkazib boradi.

EPSILON kompaniyasi Matbuot xizmati

Top