15:55 / 26.11.2019
0
6592
Hindistonlik jarrohlar bemorning og‘irligi 7 kilodan ortiq buyragini olib tashlashdi
Foto: Getty Images

Hindistonlik jarrohlar bemorning og‘irligi 7,4 kilogramm bo‘lgan buyragini olib tashlashdi, deb xabar berdi BBC News.

BBC News eslatishicha, odatda bitta buyrakning vazni 120-150 gramm atrofida bo‘ladi. Nyu-Dehlidagi klinikalardan birida buyrakning autosom-dominant yarim kista kasalligi bilan og‘rigan bemorning g‘ayrioddiy ulkan buyragi olib tashlandi.

Bu irsiy kasallik bo‘lib, unda buyraklardagi kista ushbu organni ham kattalashtirgan holda o‘sib ketadi.  

Ginnessning rekordlar kitobida qayd etilgan jahondagi eng og‘ir buyrakning vazni 4,5 kg hisoblanadi. Ammo tibbiyot jurnallarida yozilishicha, Niderlandiyada vazni 8,7 kg, AQShda esa 9 kg keladigan buyrak olib tashlangan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top