16:50 / 26.11.2019
0
3362
Malida ikki vertolyot to‘qnashuvi oqibatida fransiyalik 13 nafar harbiy halok bo‘ldi
Foto: Benoit Tessier/Reuters

Malida jangovar operatsiya chog‘ida ikki vertolyot to‘qnashuvi oqibatida fransiyalik 13 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Yelisey saroyi.

Xabarda aytilishicha, falokat 25 noyabr kuni kechki payt sodir bo‘lgan. Vertolyotlar to‘qnashuviga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmayapti.

Halok bo‘lganlarning barchasi ekstremistlarga qarshi operatsiyada ishtirok etayotgan bo‘lgan.

Malidagi fransuz harbiylarining asosiy vazifasi mahalliy ekstremistik guruhlarga qarshi kurashishda yordam berishdan iborat. Bu mamlakatda 2012 yildan buyon qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top