17:20 / 26.11.2019
0
5876

Mirobod tumanida yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi 

Illyustrativ foto

2019 yilning 26 noyabr kuni soat 12:36da Toshkent shahri Mirobod tumani “Baynalminal” mahallasi Og‘abegim ko‘chasida joylashgan 30-uyda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, voqea joyiga 3ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 7 daqiqada yetib borgan. 

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 12:56da qurshab olingan va soat 12:59da to‘liq bartaraf etilgan hamda alanga qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishi oldi olingan. Yong‘indan uyning 90 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida yashash uyining 50 kv. metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining o‘g‘li fuqaro I.Ye.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top