11:07 / 26.11.2019
0
6445
O‘zbekiston vakili Butunjahon yakkakurashlar va jang san'ati federatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

Poytaxtda taekvondo ITF bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Butunjahon yakkakurashlari va jang san'ati prezidenti, professor Jianni Saritsu ham ishtirok etdi.

Musobaqalar yakunida Jianni Saritsu O‘zbekiston taekvondo Milliy Assotsiatsiyasi raisi Laziz Hasanovning Butunjahon yakkakurashlar va jang san'ati WASCO federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti etib saylangani haqida e'lon qildi. 

Shuningdek, Saritsu Laziz Hasanovga qora belbog‘ 9-dan sohibini anglatuvchi maxsus sertifikatni ham topshirdi. 

Bundan tashqari, G‘ofurjon Abduvaliyev O‘zbekiston WASCO federatsiyasi prezidenti etib saylandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top