18:07 / 27.11.2019
21084
Reklama

«Asal bayrami»ga marhamat

An'anaga aylangan «Asal bayrami va asal mahsulotlari ko‘rgazma yarmarkasi» Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir AT «Aloqabank» va O‘zbekiston asalarichilar uyushmasi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Asal bayramida yurtimizning barcha hududlaridan asalarichilar ishtirokida tog‘ asali, uyali asal va 200 dan ortiq boshqa asal mahsulot turlari namoyish etiladi.

Yarmarka 2019 yil 1-10 dekabr kunlari «Ko‘rgazma Savdo Markazi»da bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi, 41-uy.

Shu bilan birga O‘zbekiston asalarichilar uyushmasi vakillari hamda yetuk asalarichilar boshchiligida asalarichilik sohasiga mansub ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yilning eng shirin ko‘rgazmasiga tashrif buyuring va Respublikamizning barcha hududlaridan turli xil asal mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatini o‘tkazib yubormang!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top