08:23 / 27.11.2019
1
6323
Maktabgacha ta'lim vazirligi jamoatchilik kengashining raisi tayinlandi
Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi

Maktabgacha ta'lim vazirligida jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash tomonidan maktabgacha ta'lim tizimida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik fikri va manfaatlarini hisobga olish, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini ta'minlash, maktabgacha ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish, bolalarni sog‘lom ovqatlantirish tizimida va ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha davlat organi va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish mexanizmini yaratish borasida fikr almashildi.

Shu bilan birga, vazirlik mutasaddi xodimlari tomonidan jamoat kengashi nodavlat, notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni ta'minlash uchun vazirlikni fuqarolar bilan bog‘lab turadigan «ko‘prik» rolini bajarishi muhimligi ta'kidlandi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan bayonot berildi va ushbu jamoat kengashi raisi etib f.f.d, professor E'tibor Siddiqovna Sultonova tayinlandi. Shuningdek, jamoatchilik kengashi tarkibini ko‘rib chiqish va yangilash borasida takliflar ilgari surildi. Tez orada yangilangan tarkib vazirlik tomonidan e'lon qilinadi.

Jamoatchilik kengashining kelgusida bajariladigan ish rejasi, faoliyati, maqsadlari aniq belgilab olindi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top