18:40 / 27.11.2019
0
15089

Toshkent metrosidagi elektr ta'minoti muammosi sabablari ma'lum qilindi

Bugun, 27 noyabr kuni Toshkent metrosining «O‘zbekiston» yo‘nalishi bekatlarini elektr bilan ta'minlovchi poytaxt elektr podstansiyalarida kuchlanishning qisqa muddatga pasayishi kuzatildi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati Toshkent metrosidagi elektr ta'minoti muammosi sabablarini ma'lum qildi.

«Bugun, 27 noyabr kuni ijtimoiy tarmoq hamda axborot saytlarida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo tufayli Toshkent metrosining «O‘zbekiston» yo‘nalishidagi «G‘afur G‘ulom», «Alisher Navoiy» bekatlarida yoritish uskunalarida nosozlik hamda eskalatorlar to‘xtab qolganligi to‘g‘risida ma'lumot tarqaldi.

Ma'lum bo‘lishicha, bugun soat 10:42da Shayxontohur tumanida joylashgan 35 kV «Shayxontohur» podstansiyadagi yuqori kuchlanishli «Shayxontohur 1» yo‘nalishli kabel tarmog‘i shikastlanishi natijasida qisqa muddatli uzilish bo‘lgan hamda shu zahoti avtomatik ravishda zaxiradagi kabel tarmog‘iga ulangan. Soat 10:43da elektr energiyasi to‘la quvvat bilan uzatila boshlangan.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top