15:20 / 27.11.2019
0
10618
Toshkentda fuqaroning 545 ming AQSh dollari MIB tomonidan undirib berildi

MIBning Toshkent shahar Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituviga joriy yilning 13 sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 02.07.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.Yu.dan undiruvchi A.N. foydasiga 545.000 AQSh dollari miqdorida moddiy zararni undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida 2019 yil 14 sentabr kuni qarzdor M.Yu.ning doimiy ro‘yxatda turadigan manzili bo‘ylab borilib, birlamchi ehtiyojga kirmaydigan 31 dona mol-mulklar xatlanib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 232-233-moddalari bilan ogohlantirilib, saqlash uchun topshirilgan.

Bundan tashqari, 2019 yil 25 sentabr kuni qarzdorning yashash manzili ya'ni Uchtepa tumani, 1-tor Izza ko‘chasiga chiqilib, birlamchi ehtiyojga kirmaydigan 45 dona mol-mulklar xatlangan va ogohlantirilib, saqlash uchun topshirilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning nomida mavjud bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar berilgan va olingan javoblarga asosan qarzdorning nomida avtotransport vositalari hamda ko‘chmas mol-mulk yo‘qligi aniqlangan.

2019 yil 5 noyabr kuni undiruvchi A.N. byuroning Uchtepa tuman bo‘limiga tashrif buyurib, uning foydasiga undirilishi kerak bo‘lgan 545.000 AQSh dollari, ya'ni undiruv kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha 5.159.515.000 so‘m pulni qarzdor M.Yu. jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tayotgani sababli uning oila a'zolaridan to‘liq olganini ma'lum qilgan va bu haqda tegishli tartibda tilxat yozib bergan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top