19:10 / 28.11.2019
0
12607

Qo‘qonda metan quyish shoxobchalari cheklangan gaz yetkazib berish tartibiga o‘tkazildi

Foto: «Sof.uz»

Havo harorati keskin pasayishi natijasida Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahriga tabiiy gaz yetkazib beradigan taqsimlash stansiyalarida kirish bosimining pasayishi kuzatilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

«Havo haroratining keskin pasayishi natijasida shahrimizga tabiiy gaz yetkazib beradigan taqsimlash stansiyalarida kirish bosimining pasayishi kuzatilmoqda.

Shuni inobatga olgan holda, viloyat gaz idorasining xabarnomasiga asosan shahrimizning ayrim ulgurji tabiiy gaz iste'molchilari, shu jumladan metan quyish shoxobchalari, vaqtinchalik chora-tadbir sifatida, cheklangan gaz yetkazib berish tartibiga o‘tkazilmoqda.

Buning natijasida, shahar tug‘ruqxonasi, Go‘daklar uyi, Mehribonlik uyi, 9 va 5-maxsus internatlar, 2, 3, 5, 27, 48, 53, 54, 55, 56, 57-mahallalarga yetkazib beriladigan gaz bosimini 2,8 atmosferadan 4 atmosferagacha ko‘tarishning imkoni bo‘ldi.

Ayni paytda shahrimizga kirib keladigan gaz bosimini ko‘tarish choralari ko‘rilmoqda.

Gaz ta'minoti cheklangan xonadonlar egalariga uylarini isitishda, xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda, alternativ energiya manbalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Ayni paytda shaharga kirib keladigan gaz bosimini ko‘tarish choralari ko‘rilmoqda», — deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top