00:36 / 28.11.2019
0
22345

Tramp o‘zini Rokkiga qiyoslab, uning qiyofasidagi suratini e'lon qildi  

Foto: Twitter/realdonaldtrump

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda noodatiy suratini e'lon qildi. 

Gap shundaki, ushbu surat fotomontaj bo‘lib, unda bokschi Rokki haqidagi filmlar qahramoni tanasiga Trampning yuzi qo‘yilgan. 

Trampning o‘zi ushbu suratga hech qanday izoh qoldirmagan.

Google’da ushbu suratning asli qidirilganda, 1982 yilda ekranlar yuzini ko‘rgan, Silvestr Stallone ishtirokidagi “Rokki 3” filmi posteri chiqqan. 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Trampning bu postiga javoban uning golf o‘yini vaqtida beo‘xshov tushgan suratlarini jo‘nata boshlashgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top