16:00 / 28.11.2019
1
36697

Turkmaniston prezidenti Toshkentga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov amaliy tashrif va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi.

Foto: O‘zA

Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Foto: O‘zA

Tantanali kutib olish marosimidan so‘ng Turkmaniston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Prezidentlar bugun ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladi.

«Uchrashuv chog‘ida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilishining borishi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan», deyiladi O‘zA xabarida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top