20:10 / 28.11.2019
0
12741
Yelizaveta II shahzoda Charlz foydasiga taxtdan voz kechishi mumkin
Foto: Twitter

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 1,5 yildan so‘ng davlat rahbari vakolatlaridan voz kechishi va ularni katta o‘g‘li, Uels shahzodasi Charlzga berishi mumkin. Bu haqda The Sun gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, 93 yoshli Yelizaveta II borgan sari ko‘proq vaqtini Vindzordagi qarorgohida o‘tkazmoqda va ayrim majburiyatlarini bajarishdan asta-sekin uzoqlashmoqda. U 2018 yilda 283 ta rasmiy tadbirda qatnashgan bo‘lib, bu 2016 yildagiga nisbatan 49 taga kamdir. Charlz esa bu yil 507 ta rasmiy tadbirda qatnashgan.

York gersogi, shahzoda Endryu bilan yuz bergan so‘nggi mojarolardan so‘ng Charlz Yangi Zelandiyaga tashrifini yakunladi va oilaviy ishlarni muhokama qilish uchun Buyuk Britaniyaga qaytdi.

Shahzoda Endryu 20 noyabrda qirollik oilasi a'zosi sifatidagi rasmiy majburiyatlaridan voz kechdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top