20:10 / 29.11.2019
0
13998

London markazida qurolli shaxs yo‘lovchilarga hujum qildi. U politsiyachilar tomonidan qo‘lga olindi

Buyuk Britaniya poytaxti London shahri markazidagi London Bridge ko‘prigida noma'lum shaxs o‘tkinchilarga pichoq bilan hujum qildi.

Sky News nashri ma'lumotiga ko‘ra, u yo‘lovchilar tomonidan qurolsizlantirilgan. Ko‘p o‘tmay voqea joyiga politsiya bo‘linmasi yetib kelgan, politsiyachilar hujum qilgan shaxsga qarata o‘t ochib uni jarohatlashgan va qo‘lga olishgan.

Ijtimoiy tarmoqda uning qo‘lga olish jarayoni videosi tarqaldi.

Ayni vaqtda ko‘prik ikki tomondan to‘sib qo‘yilgan. 

Hujum qilgan shaxsni jinoyatga undagan sabablar haqida hozircha ma'lumot yo‘q.

London politsiyasi hodisa oqibatida bir necha kishi jarohatlangani taxmin qilinayotgani haqida yozgan.

Hukumat ushbu hodisani terrorchilik akti deb atadi. Politsiya qo‘lga olingan shaxsning belida porlovchi qurilma o‘rnatiladigan jilet mulyaji bo‘lganini tasdiqladi. Ishni aksilterror bo‘linma tergov qilmoqda. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top