09:09 / 29.11.2019
0
16049

Qirg‘iziston prezidenti Toshkentga keldi

Foto: O‘zA

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi. 

O‘zA xabariga ko‘ra, oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bugun, 29 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 

Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top