15:29 / 29.11.2019
0
8084

Teledebatlarga kelmagan Boris Jonson o‘rniga muzdan ishlangan shakl qo‘yildi

Britaniyaning Channel 4 telekanali iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan teledebatlarda studiyaga kelmagan Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Brexit partiyasi yetakchisi Nayjyel Faraj o‘rniga muzdan ishlangan shakllardan foydalandi. Bu haqda Sky News telekanali xabar berdi.   

Ta'kidlanishicha, qolgan 5 ta partiya yetakchilari debatlarga kelishgan va iqlim muammolarini muhokama qilishgan. Jonson va Farajga atalgan joylarda esa Yer sayyorasi shaklidagi muz bo‘laklari turgan.

Jonson yetakchilik qiladigan konservatorlar partiyasi telekanalning bu ishini efirga uzatish kodeksining buzilishi deb topib, nazorat qiluvchi tashkilotga shikoyat yo‘llagan. Konseravtorlar ushbu holatni “betaraflik tamoyilining buzilishi” va “siyosiy fikrni bildirish” deb hisoblab, o‘z shikoyatlarida ushbu “ig‘vogar xatti-harakat”ni tekshirishni so‘rashgan.  

Britaniyada 12 dekabrda muddatdan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Ular parlament orqali “Brekzit” bo‘yicha kelishuvni o‘tkazmoqchi bo‘layotgan Jonson tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top