08:22 / 29.11.2019
1
33439

Tramp Afg‘onistondagi harbiylarga “syurpriz” uyushtirdi (video) 

Foto: AFP

Afg‘onistonga kutilmagan tashrifni amalga oshirgan AQSh prezidenti Donald Tramp Bagramdagi harbiy bazaga kelib, u yerdagi amerikalik harbiylarga “syurpriz” uyushtirdi. Tramp harbiy bazada Shukronalik kuni munosabati bilan o‘tayotgan kechki ovqat vaqtida kutilmaganda oshxonaga kirib kelgan, buni kutmagan harbiylar o‘rnilaridan turib prezidentni olqishlay ketishgan. 

Tramp harbiylar bilan muloqot qilib, ular bilan suratga tushgan.  

Shuningdek, AQSh prezidenti tashrif davomida afg‘onistonlik hamkasbi Ashraf G‘ani bilan uchrashgan. Trampning ta'kidlashicha, u “Tolibon” bilan muzokaralarni qayta boshlamoqchi, chunki toliblar “kelishuv tuzishni” istashmoqda.

Trampning Afg‘onistonga tashrifi xavfsizlik nuqtai nazaridan e'lon qilinmagan.

Oq uy rahbariga safari vaqtida rafiqasi Melaniya, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayyen va AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi boshlig‘i Mark Milli hamrohlik qilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top