21:00 / 30.11.2019
5
27467
«Hokimlar o‘rnak bo‘lishi kerak» - Erkinjon Turdimov OAV bilan hamkorlik haqida

Senatning yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida ishtirok etgan Samarqand viloyati hokimi, senator Erkinjon Turdimov majlisdan keyin jurnalistlarga intervyu berdi.

«Bugun yangilanayotgan mamlakatimizda OAVning roli juda katta. Bunda mamlakatimizning barcha jabhalarida ochiqlik, shaffoflik ta'minlanmoqda.

Yaqinda 22 noyabr kuni muhtaram prezidentimiz yig‘ilishlarida OAV haqida to‘xtalib, matbuot bu faoliyatimzni aks ettiradigan ko‘zgu, bu ko‘zguga uzoq vaqt e'tiborsiz qarab keldik, deb mazkur masala bo‘yicha alohida topshiriqlar va yo‘nalishlarni belgilab berdilar.

Bugun esa Senatimiz Raisi ham e'tiborimizni shu masalaga qaratdi. Tan olib aytishimiz kerak, bugungi kunda OAV bo‘yicha, umuman, xalqimiz, fuqarolarimiz chiqishlarini, real voqelik, bo‘lib o‘tayotgan kamchiliklarga ko‘pincha biz befarq qarab, e'tirozlariga e'tibor bermasdan, ayrim hollarda qo‘pol munosabatlar bo‘layotgani ham sir emas.

Bugun biz xalqimizni tinglashni o‘rganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak. Muhtaram prezidentimiz shu prinsipni davom ettirmoqda. Biz bundan o‘rnak olib, mazkur jabhani yanada rivojlantirishimiz kerak. Shaxsan hokimlar bunga o‘rnak bo‘lishi kerak. Xalq bilan muloqot va OAV bilan hamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi kerak», deya hokimning so‘zlarini keltirmoqda «Xalq so‘zi onlayn».

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top