12:02 / 30.11.2019
0
5167

Oliy ta'lim vazirligi elektron o‘quv majmualari ishlab chiqishni 13 foizga bajargani aytildi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Oliy ta'lim vazirligiga yuklatilgan 15ta vazifaning 2tasi yakuniga yetkazilmagan. Bu haqda Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev Oliy Majlis Senatining bugun, 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tayotgan yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida ma'lum qildi.

“Vazirlikka fan bo‘yicha 1500ta elektron o‘quv majmualarini ishlab chiqish topshirilgan bo‘lsa-da, ushbu topshiriq bugungi kunda atigi 13 foizga bajarilgan. Ushbu uslubiy majmualarni ishlab chiqish o‘qituvchi va talabalar uchun juda zarur. Zero, fanlarni o‘zlashtirish uchun buning ahamiyati katta”, deya senatorning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq, Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Mehnat vazirligi tomonidan migrantlar faoliyatiga ruxsat beruvchi Rossiyaning ko‘p tarmoqli markazini belgilangan muddatda tashkil etilmaganini aytib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, Senatning 24-yalpi majlisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translatsiya qilinmoqda. Yalpi majlis ishini Oliy Majlis Senatining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (FacebookYou Tube) orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn rejimida kuzatib borishingiz mumkin.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top