22:40 / 01.12.2019
0
13882

Eronning aksariyat qismini zaharli tutun qoplab oldi 

Foto: AP 2019

Eronning bir nechta viloyatlari, jumladan poytaxt Tehron viloyati kuchli smogdan aziyat chekmoqda. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar berdi. 

Havo ifloslanishi mamlakatning shimoliy va markaziy qismida bolalar bog‘chalari, maktablar va universitetlar yopilishiga olib keldi, sport tadbirlari bekor qilindi. Keksa yoshlilar va nafas olish bilan muammolarga ega kishilardan ko‘chaga chiqmaslik so‘ralgan.

Tehronda yo‘llarda avtomobillar sonini kamaytirish maqsadida transport qatnovining alohida sxemasi kiritilgan, Tehron viloyatida esa yuk mashinalari harakatlanishi taqiqlangan. 1 dekabrda konlar va havo ifloslanishiga sababchi bo‘luvchi korxonalar ishi to‘xtatilgan.

Tehronda havodagi xavfli moddalar miqdori kub metrga 146 mikrogrammni, ya'ni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rnatgan maksimal qiymatdan 3 barobar ko‘proqni tashkil qilgan.

Ob-havo mutaxassislari havo yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgan 2 dekabrdan avval tozalanmasligini aytishgan.

Ma'lum qilinishicha, Eronda havo ifloslanishi har yili deyarli 30 ming o‘limga sabab bo‘ladi.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top