20:30 / 02.12.2019
0
8950

Eronda harbiy bazalarga hujum qilgan 80ga yaqin kishi qo‘lga olindi

Foto: AP Photo / Ebrahim Noroozi

Eron janubi-g‘arbida harbiy va politsiya bazalariga hujum qilgan 79 kishi qo‘lga olindi, deb xabar Tasnim agentligi.

Agentlikning yozishicha, gap noyabr o‘rtalarida tartibsizliklar vaqtida va undan so‘ng Huziston viloyatida qo‘lga olingan shaxslar haqida bormoqda.

Agentlik shuningdek, mamlakatdagi muhim obektlarni portlatishni rejalashtirgan "bir nechta terrorchi guruhlarning" a'zolari ham qo‘lga olinganini xabar qildi.

Avvalroq Eron ichki ishlar vaziri Abdulrizo Fazliy tartibsizliklar ishtirokchilari mamlakatdagi kamida 50ta harbiy va politsiya bazalari, banklar bo‘limlari hamda boshqa obektlarga hujum qilgani haqida aytgandi.

Noyabr o‘rtalarida Eronning qator shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan, ayrim namoyishlar tartibsizliklarga aylangandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top