00:16 / 02.12.2019
0
3249

Formula-1: mavsumning oxirgi poygasida Xemilton g‘alaba qozondi

Foto: BBC Sport

“Formula-1” poygasining joriy mavsumi yakunlandi. Abu-Dabida o‘tgan oxirgi bosqichda “Mersedes” a'zosi, muddatdan avval chempionlikni rasmiylashtirib qo‘ygan Lyuis Xemilton g‘alaba qozondi. 

Marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib “Red Bull” poygachisi Maks Ferstappen, uchinchi bo‘lib “Ferrari” vakili Sharl Lekler kesib o‘tgan. 

Poyganing endilikda 6 karra chempioni bo‘lmish Xemilton uchun bu g‘alaba yakunlangan mavsumdagi 11- va faoliyatidagi 84-g‘alaba bo‘ldi.

Mavsum natijalariga ko‘ra, Xemilton 413 ochko bilan chempion bo‘ldi, Valtteri Bottas (326 ochko) 2-o‘rinni, Maks Ferstappen (278 ochko) 3-o‘rinni egalladi.

Jamoalar orasida “Mersedes” birinchi bo‘ldi, 2-o‘rinni “Ferrari”, 3-o‘rinni “Red Bull” egalladi. 

Poyganing keyingi mavsumi 2020 yil 13 martda Avstraliyada boshlanadi. Keyingi mavsumda rekord sonda - 22 ta bosqich o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top