08:27 / 02.12.2019
1
11488

«O‘zenergoinspeksiya» korxona va tashkilotlarning yirik miqdordagi o‘g‘irligini fosh etdi

“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo hududiy bo‘limi tomonidan MIB Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va “Qashqadaryo HET” AJ xodimlari ishtirokida doimiy o‘rganishlar o‘tkazilib, qoidabuzarliklarni aniqlash va oldini olish borasida hamkorlikda ishlar yo‘lga qo‘yilgan. 

“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo hududiy bo‘limiga ko‘ra, o‘rganishlar natijasiga muvofiq, elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish, elektr hisob sxemalarining buzilishi, iste'molchilar tomonidan texnik hujjatlarsiz elektr tarmoqlariga ulanish, mavjud hisoblagichlar va transformator punktlarini shartnomalarga kiritmaslik holatlari aniqlandi.

Jumladan, G‘uzor tuman hokimligiga qarashli binoda o‘rnatilgan hisoblagich dasturda o‘chirilganligi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib foydalanayotganligi aniqlanib, bayonnoma tuzildi va 55 896 300 so‘m (124 214 kVt.s) hisoblanmagan energiya qiymati aniqlandi. 

Shuningdek, Qarshi shahrida o‘tkazilgan o‘rganishlarda Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli ko‘cha chiroqlari elektr ta'minoti hisob nuqtalari o‘rganilganda, bitta hisob nuqtasida hisoblagichsiz o‘zboshimchalik bilan ulanganligi, bitta hisob nuqtasida hisob-sxema buzilganligi, ya'ni hisoblagich ajratib qo‘yib ishlatilayotganligi, 4 ta hisob nuqtasida mavjud transformator punkti va hisoblagichlar shartnoma va dasturga kiritilmasdan ishlatilayotganligi aniqlanib, jami 335 618 600 so‘m (745 819 kVt.s) ga qayta hisob qilindi va undirishga yo‘naltirildi.

Yuqoridagi holatlarda uzoq davr mobaynida iste'molchilarning energiyadan noqonuniy foydalanish holatlari nazoratsiz qoldirilganligi uchun mas'uliyatini oshirish bo‘yicha majburiy ijro byurosi va elektr ta'minoti korxonasi xodimlariga ko‘rsatmalar berildi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top