17:57 / 02.12.2019
0
13419

Sudanning sobiq prezidenti o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin

Foto: Mohamed Nureldin Abdallah / Reuters

Hozirda qamoqda saqlanayotgan Sudanning sobiq prezidenti Umar al-Bashirga 1989 yildagi harbiy davlat to‘ntarishida ishtirok etgani va Sodiq-al Mahdiy rahbarligidagi hukumatni ag‘dargani uchun o‘lim jazosi xavf solmoqda. Bu haqda Independent Online nashri xabar berdi.

Sudan bosh prokurori Toj Al-Xiber 1989 yil 30 iyunda al-Bashirni hukumat tepasiga olib kelgan davlat to‘ntarishini tergov qilish bo‘yicha qo‘mita tashkil etgandi. Qo‘mita xulosasi Sudandagi konstitutsion tuzumni ag‘darishda ayblangan shaxslar ustidan sud hukmi chiqarilishi uchun asos bo‘ladi.

"Agarda sobiq prezident aybdor deb topilsa, u o‘lim jazosiga yoki umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinadi", - deb yozadi nashr.

Sudanni 30 yil boshqargan al-Bashir 11 aprelda harbiylar tomonidan davlat rahbarligidan chetlashtirilgandi. Hukumat boshqaruvini harbiy kengash o‘z qo‘liga olgan. Sentyabrda esa muvaqqat hukumat shaklantirildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top