22:55 / 03.12.2019
0
5437
Albaniya hukumati zilzila yetkazgan zarar haqida ma'lumot berdi

Albaniyadagi halokatli zilzila 51 kishining umriga zomin bo‘ldi, 5,5 mingta uy butkul vayron bo‘ldi, deb ma'lum qildi mamlakat hukumati.

Albaniya bosh vaziri Edi Rama o‘tgan shanba kuni mamlakatda yuz bergan 6,4 balli zilziladan so‘ng qidiruv-qutqaruv operatsiyalari hafta boshida to‘xtatilganini, 50 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi. Keyinroq yana bir kishi qurbonlar qatoriga qo‘shildi.  

"Hisobotga ko‘ra, Durres, Tirana va Leja shaharlari eng ko‘p zarar ko‘rgan. Tiranada 1,3 ming, Durresda 3,8 ming, mamlakat bo‘yicha qariyb 5,5 mingta xarobaga aylangan. Turli shaharlardagi 28ta maktab vayron bo‘lgan", - deb xabar berdi Albanian Daily News.

Zilzila Albaniya poytaxtida 15ta elektr nimstansiyasi, ikkita tibbiyot muassasasi va 149ta tijorat obektlariga zarar yetkazgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top