08:50 / 03.12.2019
2
8430
Gran Gala del Calcio. Ronaldu – A Seriyaning eng yaxshi o‘yinchisi va boshqa nominatsiyalar
Foto: AFP/Getty Images

2 dekabr kuni Milanda Italiya A Seriyasi 2018/2019 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi, va hakamlariga mukofotlarni topshirish marosimi – Gran Gala del Calcio bo‘lib o‘tdi.

Marosimda «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya o‘tgan mavsumining eng yaxshi o‘yinchisiga atalgan sovrinni qabul qilib oldi.

A Seriya 2018/2019 yilgi mavsumi yakunlari bo‘yicha nominatsiyalar g‘oliblari bilan tanishing:
Eng yaxshi darvozabon – Samir Handanovich («Inter»)
Eng yaxshi himoyachilar – Joau Kanselu, Jorjo Kellini (ikkalasi «Yuventus»), Kalidu Kulibali («Napoli»), Aleksandr Kolarov («Roma»)
Eng yaxshi yarimhimoyachilar – Mirolim Pyanich («Yuventus»), Yosip Ilichich («Atalanta»), Nikolo Barella («Kalyari»/«Inter»)
Eng yaxshi hujumchilar – Krishtianu Ronaldu («Yuventus»), Duvan Sapata («Atalanta»), Fabio Kvalyarella («Sampdoriya»)
Eng yaxshi o‘yinchi – Krishtianu Ronaldu («Yuventus») 
Eng yaxshi jamoa – «Atalanta»
Eng yaxshi murabbiy – Jan-Pero Gasperini («Atalanta»)
Eng yaxshi hakam – Janluka Rokki
B Seriyaning eng yaxshi yosh futbolchisi – Sandro Tonali («Breshia»)

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top