23:26 / 03.12.2019
0
18312

Makron ayrim masalalar bo‘yicha Erdo‘g‘andan izoh talab qildi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Turkiya Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini sotib olgan holda NATO a'zosi bo‘la olmaydi deb hisoblaydi. Uning fikricha, Turkiya prezidenti bu borada tushuntirish berishi kerak.

"Turkiya ushbu sammitda bizga tushuntirish berishi kerak. Biz kamida ikkita savolga aniqlik kiritib olishimiz lozim: Turkiya qanaqasiga bir vaqtning o‘zida alyans a'zosi bo‘lishi, biz bilan ishlashi, bizning qurilmalarni sotib olib ularni mudofaa tizimiga integratsiya qilishi va Rossiyadan S-400 sotib olishi mumkin? Bu texnik jihatdan imkonsiz. Turkiya prezidenti kechirishlarini istasa, izoh berishi shart", dedi Makron Londonda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Makronning fikricha, Anqaradan izoh talab qilinayotgan ikkinchi mavzu bu uning agarda alyansning boshqa a'zolari qator tashkilotlarni terrorchi deb tan olmasa, NATO sammitining barcha deklaratsiyalarini blok qilish niyatidir. 

"Ular Kurdiston ishchilar partiyasi va boshqalarni terrorchi guruhlar deb tasniflashimizni istashyapti, ammo biz bunday deb hisoblamaymiz", - deb ta'kidladi Makron.

"Turkiyaga qarar ekanman, ular hozirda biz tomonimizda turib kurashganlarga qarshi kurashayotganini ko‘rmoqdaman. Ular ba'zan IShID vositachilari bilan ham ishlashmoqda", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top