20:00 / 03.12.2019
0
5749

NATO bosh kotibi Gretsiya va Turkiyaga o‘z mojarolarini o‘zlari hal qilishlarini taklif qildi

NATO Gretsiya-Turkiya munosabatlarida neytralitetni saqlab qoladi, dedi alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg "Katimerini" gazetasiga bergan intervyusida.

"Gretsiya ham, Turkiya ham qimmatli ittifoqchilar hisoblanadi va umumiy xavfsizligimizga har ikkisi hissa qo‘shmoqda", - dedi u.

"Ayrim kelishmovchiliklar bor va bu kelishmovchiliklarni yechishga harakat qilinayotganini ma'qullayman. NATO bu muammolar yechilishi jarayonidan chetda", - dedi Stoltenberg.

Noyabr oxirida Turkiya va Liviya dengiz hududlari bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzoladi. Bu diplomatik nizolarga sabab bo‘ldi. Turkiya memorandum xaritasini e'lon qildi, unga asosan Gretsiya alohida iqtisodiy hududining sezilarli qismi Turkiyaga "o‘tib ketadi".

Afina kelishuvni keskin tanqid qildi va alohida iqtisodiy hudud xaritasini o‘zgartirishga urinmoqda.

Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Londondagi NATO sammiti doirasida alohida uchrashuv o‘tkazadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top