19:50 / 03.12.2019
0
4141

O‘zbekiston xayr-saxovat reytingining yetakchi yigirma beshtaligiga kirdi   

10 yillik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, xususiy xayr-saxovat reytingi World Giving Index reytingi e'lon qilindi. Reytingga 126 ta davlat kiritilgan bo‘lib, u muayyan davlat fuqarolari qanchalik ko‘p xayr-saxovat qilishlari, muhtojlarga yordam berishlari va ko‘ngillilik (volontyorlik) bilan shug‘ullanishlarini ko‘rsatadi. 

Reyting o‘ninchi yil e'lon qilinmoqda va shu sababli uning tuzuvchilari o‘n yillikka yakun yasashga qaror qilishgan. Bu yillar davomida respondentlardan ular biror notanish muhtoj odamga yordam bergan-bermaganlari, xayriya ishlariga pul ajratganlari va ko‘ngilli bo‘lib ishlagan-ishlamaganlari so‘ralgan. Ularning javoblari asosida davlatlarga ballar hisoblab borilgan.  

Reytingga ko‘ra, 1-o‘rinni AQSh, 2-o‘rinni Myanma va 3-o‘rinni Yangi Zelandiya egallagan. Yetakchi o‘ntalikdan, shuningdek, Avstraliya, Irlandiya, Kanada, Britaniya, Niderlandiya, Shri-Lanka va Indoneziya o‘rin olgan. 

E'tiborlisi, O‘zbekiston 3 ta ko‘rsatkich bo‘yicha reytingning 25-o‘rnini egalladi. Jumladan, O‘zbekiston fuqarolarining muhtojlarga yordam berishi ko‘rsatkichi bo‘yicha 31-o‘rinni, xayriyaga pul ajratishi bo‘yicha 36-o‘rinni, ko‘ngillilik bo‘yicha 18-o‘rinni egalladi. 

Markaziy Osiyo davlatlaridan Turkmaniston reytingning 19-o‘rnini, Tojikiston 44-o‘rnini, Qirg‘iziston 55-o‘rnini, Qozog‘iston esa 78-o‘rnini egallagan.  

Reytingning eng quyi pog‘onalarini Falastin, Serbiya, Yaman, Gretsiya va Xitoy egallagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top