11:06 / 03.12.2019
1
46212

Toshkentda Bo‘rijar anhoridan to‘pponcha topildi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 1 dekabr soat 14:50larda 3- va 4-dahalar hududidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar anhoridan o‘qotar qurol – Makarov to‘pponchasi topildi. 

Postda.uz'ning yozishicha, to‘pponcha polietilen paketga qismlarga ajratilgan holda solingan. Shu bilan birga, polietilen paketda 2 dona o‘qdon va 18 dona o‘q ham bo‘lgan.

Xabarda ta'kidlanishicha, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top